Qibrayda 7 kg “marixuana”, pnevmatik qurol va patronlar saqlayotgan fuqaro ushlandi
3-sahifa
−
08:28 888 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan fuqaroning ijaraga olgan yer maydonidagi konteynerlardan 7 kilogramm “marixuana”, pnevmatik qurol va uchta patron aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi, 1986 y.t., muqaddam sudlangan fuqaroga qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida foydalanish uchun uzoq muddatga ijaraga berilgan yer maydoni chetida joylashgan ikkita konteyner xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Konteynerlardan quruq holatda saqlanayotgan jami 7 kg “marixuana” giyohvandlik vositasi, IJ-38 rusumli pnevmatik qurol va 12 mm kalibrli 3 dona patron ashyoviy dalil sifatida olingan.
Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda chaqaloq ko‘rinishidagi bolalar o‘yinchog‘i ichiga “gashish” yashirgan 56 yoshli ayol ushlangan edi.
Live
Barchasi