Qibrayda “Suv yetkazib berish xizmati” rahbari $5000 pora bilan ushlandi

3-sahifa

−

image

Toshkent viloyatining Qibray tumanida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari fuqarodan 16 ming dollar talab qilib, shundan 5 ming dollarini olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Qibray tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari U.Yu. fuqaro J.B.ning “G‘oliblar” MFY hududidagi xonadoni tegishli ruxsatnomalar asosida qurilgan bo‘lsa-da, uni kanalga yaqin joylashgani sababli sudga berish bilan tahdid qilgan. U.Yu. fuqaroga 16 ming dollar evaziga sudda barcha kamchiliklar bartaraf etilgani haqida ko‘rsatma berish va da’vodan voz kechishni va’da qilgan. U talab qilingan pulning 5 ming dollarini xizmat xonasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida 40 sotix yer maydonini auksion savdolarisiz rasmiylashtirib berishni va’da qilgan ikki shaxs 11,5 ming dollar olayotgan vaqtida ushlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing