Qibrayda 19 yoshli soxta prokuror ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Qibray tumanida o‘zini prokuratura xodimi sifatida tanishtirib, soxta guvohnomadan foydalangan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 12 iyul kuni Toshkent viloyatining Qibray tumani hududidagi tezkor tadbirda 2007 yilda tug‘ilgan K.X. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomobil to‘xtatilgan. Ma’lum qilinishicha, K.X. Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan qonuniy chora ko‘rilishining oldini olish maqsadida o‘zini Qibray tumani prokuraturasi xodimi sifatida tanishtirgan va soxta xizmat guvohnomasini ko‘rsatgan.

Tekshiruv davomida unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Cobalt ko‘zdan kechirilganida esa salon qismidan boshqa davlat raqam belgisi – “25 C 836 AA” borligi aniqlangan.

Shundan so‘ng, fuqarodan soxta guvohnoma hamda bir juft davlat raqam belgisi daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan. Mazkur holat yuzasidan 13 iyul kuni Jinoyat kodeksining 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “b” bandi va 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokuratura Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida fuqaro A.A. o‘zini Bosh prokuratura xodimi sifatida tanishtirib, bir nechta fuqaroning mol-mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangandi.

Dilnura Urinova


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing