Kemeron Toshkentga keldi

Jamiyat

image

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot vaziri Devid Kemeron bugun, 23 aprel kuni Toshkentga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Kemeron ayni paytda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan muzokara olib bormoqda.

Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik, ta’lim, iqlim o‘zgarishi, ikki tomonlama savdo hamda biznes aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etilmoqda.

Ma’lumot uchun, Kemeron savdo, xavfsizlik va atrof-muhit bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Mo‘g‘ulistonga safar qilmoqda. "The Independent" nashrining yozishicha, Kemeron Markaziy Osiyo mamlakatlarining qiyinchilik bilan erishilgan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan ham fikr almashmoqchi. Shuningdek, u Britaniya universitetlarida xorijliklarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlovchi Chevening stipendiyalari uchun mablag‘ miqdori ikki baravar oshirilishi va kelgusi uch yil davomida mintaqa bo‘ylab rivojlanish xarajatlari uchun 50 million funt sterling ajratilishini ma’lum qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 aprel kuni Devid Kemeron Tojikistonga borgan va u yerda Prezident Imomali Rahmon qabulida bo‘lgandi. Shundan so‘ng u Bishkekda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan ham uchrashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent O'zbekiston Buyuk Britaniya Baxtiyor Saidov Devid Kemeron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing