Qaytarilgan 1 foiz keshbek harommi? Fatvo markazi javob berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi keshbek qaytaradigan kartadan foydalanish harom emasligini ma’lum qildi. Bu haqda markazning rasmiy Telegram kanalida keltirilgan. 

Keltirilishicha, Fatvo markaziga bir foizlik keshbek harom yoki harom emasligi haqida savol bilan murojaat qilingan. Bunga javoban markaz xabarida keshbek harom emasligi aytib o‘tilgan.

“Ishlatilgan mablag‘ning ma’lum qismi qaytarib berilsa, bu iqtisod tilida keshbek deyiladi. Bank shu ko‘rinishda o‘zining foydasidan kechsa yoki xizmatlaridan foydalangani uchun xizmat narxidan bir qismini qaytib bersa, undan foydalansa bo‘ladi”, deya javob bergan Fatvo markazi.


Maqola muallifi

Teglar

keshbek Fatvo markazi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made