Soliq tizimini 38,3 mlrd so‘mga “uxlatgan” keshbekchi shovvozlar ushlandi
3-sahifa
−
06 iyul 5707 1 daqiqa
Andijon viloyatida 38,3 mlrd so‘m mablag‘lar keshbek sifatida talon-toroj qilinganligi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Yo.Q. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, 5 ta MCHJga boshqa MCHJlar tomonidan 2,2 trln so‘mlik mahsulotlar yetkazib berilganligi haqida sohta elektron hisob-fakturalarni rasmiylashtirganligi aniqlangan. Ular go‘yoki savdodan tushgan pullarni nazorat kassa mashinalari orqali kirim qilib, fuqarolarga sotganligi haqida xarid cheklarini chiqargan hamda 94 921 nafar fuqaro va ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan shaxslarga “Soliq Mobile” ilovasi orqali keshbek sifatida to‘lab berib, 38,3 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada 125 mlrd so‘mlik sun’iy QQS orqali noqonuniy keshbek olish sxemasi aniqlangan edi.
Live
Barchasi