Qaysi kasb egalarida koronavirusga chalinish ehtimoli yuqori?

Jamiyat

image

Bugun, 10 aprel kuni AOKA shtabida koronavirus mavzusiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Unda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov ishtirok etdi. Ushbu brifingda koronavirusga ko‘proq qaysi soha vakillari chalinadi, degan savol o‘rtaga tashlandi. Mutaxassis ushbu savolga quyidagicha javob berdi.

"Kontingent riska", degan tushuncha bor, ya’ni xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan aholi qatlami, xavf bevosita kasbiga bog‘liq bo‘lgan sohada ishlovchi fuqarolarimiz mavjud.

Bular, birinchi navbatda, bemorlar bilan muloqotda bo‘ladiganlar, ya’ni tez tibbiy yordam xizmati xodimlari, shifokorlar, feldsherlar”, dedi Bahrom Almatov.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda ular kasallanmasligi uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazilgan. Shuningdek, Toshkent shahri va viloyat markazlarida tez tibbiy xodimlari, shifoxonalar, oilaviy poliklinikalardagi fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan registratura xodimlari, qabul bo‘limidagi shifokorlar, hamshiralarni tekshirish rejalashtirilgan.

“Shuningdek, jamoatchilik bilan ko‘p ishlaydigan kasb egalari bor. Bular kassirlar, sotuvchilar bo‘lishi mumkin.

Umuman, kasallik yuqtirish ehtimoli yuqori bo‘lgan kasb egalarining ro‘yxati shakllantirilgan. Ushbu kasb egalarini epidemiologik ko‘rsatmaga asosan tekshirish ishlari rejalashtirilgan”, dedi rasmiy vakil.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 624 nafarga yetdi. Bugungacha ularning 42 nafari davolandi va 3 nafari vafot этди.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

206

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing