Qatarga qarshi bahsda O‘zbekiston futbolchilarining o‘yini qanday baholandi

Sport

image

Jahon chempionati saralashi “A” guruhi 5-tur doirasidagi Qatar-O‘zbekiston bahsi yakunlangach, futbolchilarning o‘yindagi baholari e’lon qilindi.

O‘zbekiston terma jamoasidan eng yuqori bahoni Abbosbek Fayzullayev qo‘lga kiritdi. Qatarliklar darvozasiga 2 ta to‘p kiritgan Fayzullayevning xatti-harakatlari 8,7 ballga loyiq ko‘rildi. Bu borada eng past ko‘rsatkichni O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi, zaxiradan maydonga qo‘shilgan Rustam Ashurmatov qayd etdi – 6,3 ball. Shuningdek, jarohat sabab juda erta zaxiraga olingan jamoa sardori Eldor Shomurodov ham eng past baholardan biriga loyiq ko‘rildi – 6,4 ball. 

Mezbonlar safida kutilganidek eng yuqori ko‘rsatkichni jamoa sardori Akrom Afif qayd etdi. U o‘z nomiga assist yozdirib qo‘yish barobarida, jamoasining xavfli hujumlarini tashkil etishda bosh qosh bo‘ldi. Afif xatti-harakatlari 8,9 ballga loyiq ko‘rildi. Qatarliklarning 2 ta goliga mualliflik qilgan Almoez Ali 7,8 ball bilan baholandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qatar-O‘zbekiston o‘yini haqida mashhur karikaturachi Hamid Sahari o‘z ijodiy ishini e’lon qilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati Qatar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing