Qatarga berilgan zarbadan so‘ng Rubio Isroilga bordi

Olam

image
Isroil nishonga olgan HAMASning yetakchi arbobi Xalil al-Hayya kim? north_east

Isroil nishonga olgan HAMASning yetakchi arbobi Xalil al-Hayya kim?

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Isroilga bordi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.

Uning Ben Gurion aeroportiga yetib kelgani tasvirlari Kan davlat teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatilgan.

Kechqurun Rubio Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashishi kutilmoqda. AQSH Davlat departamenti avvalroq Davlat kotibi G‘azodagi bosqinchilik va qirg‘in, u yerda garovga olinganlarni qaytarish va Isroilda Falastin davlatchiligining tan olinishiga qarshi chiqishlarni muhokama qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Rubio 9 sentyabr kuni Isroilning Qatarga bergan aviazarbalari ortidan tashrif buyurgan. Isroil tomonining maqsadi Qatar poytaxtida bo‘lgan Falastin HAMAS harakati yetakchilarini yo‘q qilish edi. Telekanal operatsiyani muvaffaqiyatsiz deb atagan. Isroil tomoni hozircha zarbalar oqibatlariga rasman izoh bermadi, faqat ular amalga oshirilgani va xalqaro hamjamiyat tomonidan keng ko‘lamda qoralangan operatsiya uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani haqida gapirdi.

Davlat kotibi Isroilga tashrifidan so‘ng 16-18 sentyabr kunlari Buyuk Britaniyaga ikkinchi davlat tashrifi bilan AQSH Prezidenti Donald Tramp delegatsiyasiga qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 sentyabr kuni Isroil harbiylari husiylar nazoratida bo‘lgan Yaman poytaxti, Sana shahriga ham havodan zarba bergandi. 29 avgust kuni qilingan havo hujumi oqibatida esa Yamandagi husiylar harakati tomonidan tuzilgan hukumat bosh vaziri Ahmad G‘olib al-Rahaviy halok bo‘lgandi. Ahmad G‘olib al-Rahaviy 2024 yil 10 avgustda husiylar hukumati rahbari etib tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar Falastin Isroil Bin'yamin Netan'yaxu aviazarba Marko Rubio

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing