Isroil Ğazodagi tunnellar uçun gumanoid robotlar sotib olmoqçi

Olam

−

image

Isroil armiyasi Ğazo sektoridagi HAMAS tunnellarida foydalaniş uçun 1 mingtagaça odamsimon robot xarid qiliş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Ularni kelgusida jangovar harakatlarga jalb etiş ehtimoli ham körib çiqilmoqda. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.

Qayd etilişiça, gap AQŞning Foundation Future Industries startapi tomonidan işlab çiqariladigan Phantom rusumidagi gumanoid robotlar haqida bormoqda. Kompaniya AQŞ Prezidenti Donald Trampning öğli Erik Tramp tomonidan qöllab-quvvatlanadi.

Ma’lumotlarga köra, muzokaralar kompaniya hammuassisi va prezidenti Mayk LeBlanning bayonotlariga asoslangan. Hozirça tomonlar örtasida şartnoma imzolangani yoki robotlarni yetkazib beriş böyiça yakuniy qaror qabul qilingani haqida ma’lumot yöq. Isroil armiyasi yoki Mudofaa vazirligi ham muzokaralarni rasman tasdiqlamagan.

Foundation Future Industries 2024 yilda taşkil etilgan bölib, uning boş qarorgohi San-Fransiskoda joylaşgan. Kompaniya Phantom robotlarini sanoat işlari bilan birga harbiy maqsadlarda, jumladan, logistika va razvedka vazifalarini bajariş uçun ham taklif qilmoqda.

Kompaniya vakillarining avvalgi ma’lumotlariga köra, Phantom robotlari joriy yilda Ukrainada ham sinovdan ötkazilgan. Ular logistika va razvedka işlarida qöllangan, biroq jangovar harakatlarda iştirok etgani haqida ma’lumot berilmagan.

Ma’lumot uçun, Erik Tramp kompaniyaning investori va boş strategik maslahatçisi hisoblanadi. Biroq uning kompaniyaning kundalik boşqaruvi yoki davlat buyurtmalari böyiça qarorlar qabul qilişda iştirok etmasligi bildirilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing