Qatardagi JCH 500 kishining umriga zomin bo‘ldi

Sport

image
0:00
0:00
download

Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionati stadionlari qurilishida 500 nafarga yaqin mehnat muhojirlari halok bo‘ldi. Bu haqda 29 noyabr kuni Jahon chempionatini o‘tkazish bo‘yicha oliy qo‘mita bosh kotibi Hasan at-Tavadiy ma’lum qildi.

Jahon chempionatiga tayyorgarlik chog‘ida inson huquqlari tashkilotlari va G‘arb ommaviy axborot vositalari Qatar hukumatini mehnat muhojirlari va ayollar huquqlari sohasidagi siyosati uchun doimiy ravishda tanqid qildi. 

"Qurilishda qurbon bo‘lgan mehnat muhojirlari 500 nafarga yaqin, aniq sonini ayta olmayman", deydi Hasan at-Tavadiy.

Qatardagi Jahon chempionati o‘yinlari beshta shaharda sakkizta stadionda o‘tkazilmoqda. Turnirda 8 guruhga bo‘lingan 32 ta jamoa ishtirok etmoqda. O‘z kvartetlarida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar pley-off bosqichiga yo‘l oladi. 

Jahon chempionatlaridagi g‘alabalar soni bo‘yicha rekordchi Braziliya termasi (besh marta) hisoblanadi. Jahon chempionatining final uchrashuvi 18 dekabr kuni Lusail shahridagi stadionda bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar2022 JCH2022

Baholaganlar

1729

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing