Qatarda 8 nafar hindistonlik josuslikda ayblanib, o‘limga hukm qilindi

Olam

image

Qatarda bir guruh hindistonlik Isroil foydasiga josuslikda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayblanayotgan sakkiz nafar hindistonlik mamlakat harbiy-dengiz kuchlarining sobiq xodimlari bo‘lib, ilgari hind harbiy kemalariga qo‘mondonlik qilgan yuqori martabali zobitlar hisoblanadi. Ularning barchasi hibsga olinishidan oldin Qatar qurolli kuchlariga o‘quv va boshqa tegishli xizmatlar ko‘rsatuvchi Dahra Global Technologies and Consultancy Services xususiy kompaniyasida ishlagan. Hindistonning qo‘lga olinganlarni qaytarish haqidagi so‘rovlari bir necha bor rad etilgan.

India Today jurnalining xabar berishicha, hindlar Qatar hukumati tomonidan 2022 yil avgust oyida Isroil foydasiga josuslik qilganlikda gumonlanib hibsga olingan. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, Hindiston dengiz flotining zobitlari Qatarning suvosti kemalari dasturiga jalb qilingan va Qatar bu ma’lumotlarni  Isroilga yetkazilgan deb hisoblamoqda. Hindiston Dohani fuqarolarining hech qanday razvedka operatsiyalarida ishtirok etmaganiga ishontirishga harakat qilmoqda.

Hindiston Qatar hukumatining respublika dengiz flotining sobiq zobitlari bo‘lgan sakkiz nafar hindistonlikni josuslikda ayblab, o‘lim jazosiga hukm qilish qaroridan hayratda. Hindiston TIV ma’lumotlariga ko‘ra, Nyu-Dehli ushbu ish bo‘yicha barcha holatlarni o‘rganyapti.

"Bizda dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qatar birinchi instansiya sudi bugun Al Dahraning sakkiz nafar hindistonlik xodimi ishi bo‘yicha qaror chiqargan. Biz o‘lim hukmidan qattiq hayratdamiz va sudning batafsil qarorini kutamiz. Ayblanuvchilarning oila a’zolari va huquqshunoslar guruhi barcha qonuniy imkoniyatlarni o‘rganib chiqmoqda”, deyiladi Tashqi ishlar vazirligining veb-saytida.

Tashqi ishlar vazirligi bu ishni diqqat bilan kuzatib borishini va bundan keyin ham barcha konsullik va yuridik yordam ko‘rsatishini ta’kidlagan. 

"Biz bu hukmni Qatar rasmiylari bilan ham muhokama qilamiz", deyiladi matnda.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Qatar Isroil josuslik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing