Qatarda Jahon chempionatiga kelgan mehmondan giyohvand moddalar topildi
Sport
−
22 noyabr 2022
6476Qatar hukumati 2022 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga kelgan sayyohdan giyohvand moddalarni olib qo‘yganini ma’lum qildi. Bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, bunday holat Jahon chempionati davomida birinchi marta kuzatilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qatar bojxonachilari Dohadagi Hamad xalqaro aeroportida tintuv o‘tkazish chog‘ida yo‘lovchilardan birining bagajidan taqiqlangan moddalarni topgan. Jami ikki mingga yaqin tabletka anestetik tramadol va 464,5 gramm "gashish" musodara qilingan.
Fuqaroligi ko‘rsatilmagan mahbus javobgarlikka tortiladi.
Qatarda giyohvand moddalarni saqlash, ishlatish va savdosi uchun qattiq jazolar mavjud: uzoq muddatli qamoq, og‘ir jarimalar va deportatsiya.
Avvalroq, Qatar hukumati Jahon chempionati boshlanishiga ikki kun qolganda stadionlarda pivo sotishni taqiqlagandi.