Qatar hukumati OAV tanqidlariga javob qaytardi

Sport

image

Ayrim OAV va nodavlat tashkilotlar Qatarning Jahon chempionatiga mezbonlik qilganini asossiz tanqid qilmoqda. Bu haqda Qatar Bosh vaziri o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdel Rahmon Al Tani 12 dekabr kuni chop etilgan "The Washington Post"  gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Tashqi ishlar vazirining fikricha, ba’zi ommaviy axborot vositalarining Qatarga munosabati juda salbiy tus olgan.

“Bu eng inklyuziv Jahon chempionati ekanligiga ishonamiz. Biz ijtimoiy tarmoqlarda xolisona fikr bildirayotgan ommaviy axborot vositalarida va boshqa mehmonlarda juda ijobiy taassurot qoldirayotganimizga ishonamiz”, deydi Al Tani.

Avvalroq, OAVda Qatardagi stadionlar qurilishi vaqtida 500 ga yaqin mehnat muhojirlari halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Mazkur holat ham Qatarning keng jamoatchilik tomonidan tanqidga uchrashiga sabab bo‘lgandi.

"Biz nodavlat tashkilotlarga eshiklarimizni ochdik. Mintaqada Qatar kabi ochiq eshiklar siyosatini qabul qiladigan hech bir davlat yo‘q. Biz o‘zgarishlar, islohotlar bo‘yicha yetakchi bo‘lib, mintaqaga o‘rnak bo‘ldik. Va, afsuski, bularning shuncha ishimizga qaramay, ayrim nodavlat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari qilanayotgan katta ishlarni ko‘ra turib ham Qatarga shunchaki hujum qilishga urinmoqda", deya ta’kidladi vazir.

Ma’lumot uchun, futbol bo‘yicha Jahon chempionati 18 dekabr kuni yakunlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar2022 JCH2022

Baholaganlar

481

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing