Qashqadaryoning yangi “to‘rtligi” shakllantirildi
Jamiyat
−
26 Oktabr 2019
7182Avvalroq, O‘zbekiston Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Erkaboy Tojiyev Qashqadaryo viloyati prokurori etib tayinlangani haqida xabar bergan edik. Hozirda ushbu xabar tayinlov amalga oshgani rasman tasdiqlandi. Bundan tashqari Qashqadaryo viloyatiga yangi soliqboshi va Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi.
Bugun, 26 oktbyar kuni Shuhrat Sotiboldiyev Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Azamat Bozorov esa viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rnini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining sobiq o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari Zoyir Mirzayev egalladi.
Zafar Ro‘ziyevdan keyin uning ikki o‘rinbosari, Qarshi shahar va yana uch tuman hokimi ham egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.