Qashqadaryolik erkak ayol sabab kaltaklangan. Gumonlanuvchi uning sinfdoshi

3-sahifa

image

Avvalroq, Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro 15 yanvar kuni bir necha kishi tomonidan qo‘l-oyog‘i bog‘lanib, shafqatsizlarcha kaltaklangani haqida xabar bergan edik. Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti ushbu hodisa yuzachidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
   
Xabarga ko‘ra, joriy yilning 17 yanvar kuni jabrlanuvchi K.A. Yakkabog‘ tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda jabrlanuvchi K.A. o‘zining sinfdoshi A.Q. va uning turmush o‘rtog‘i G.A. tomonidan “Qurashayx” qishlog‘idagi yashash uyiga chaqirilganini ma’lum qilgan. Jabrlanuvchi uyga kirgan vaqtda uni fuqaro A.Q. urib oyoq va qo‘llarini arqon bilan bog‘lagan. Shundan so‘ng, A.Q. uning yuz, bosh va son sohalariga tayoq bilan qasddan urgan va ro‘zg‘or kapkirini temir pechda qizdirib, jabrlanuvchining qorin sohasiga bir necha marta bosib, qiynagan.

Tibbiy ma’lumotnomaga ko‘ra, jabrlanuvchi K.A. da bosh miya chayqalishi, boshning teppa va chap chakka sohasida qon quyilishi, peshona sohasida ezilib yirtilgan yara, qorin pastki sohasida kuygan jarohat mavjudligi qayd qilingan. 

Mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi 1-qismi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida, gumonlanuvchi fuqaro A.Q. ishlash maqsadida Rossiya Federatsiyasiga ketgan vaqtida uning turmush o‘rtog‘i G.A. jabrlanuvchi K.A. bilan muloqotda bo‘lib kelganligi aniqlangan. 

Bundan tashqari, jabrlanuvchi K.A. kaltaklanganidan so‘ng, shifoxonaga murojaat qilgan vaqtida yuqoridagi janjalni yashirgan holda, otdan yiqilib, uni ot sudrab ketganini ma’lum qilgan. So‘ngra birinchi yordamni olib shifoxonadan chiqib ketganligi aniqlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo tergov kaltak

Baholaganlar

645

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing