Qashqadaryodagi YTHda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi. Qurbon bor
3-sahifa
−
20 Oktabr
9093Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida Nexia mashinasi Gentra bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Hodisa joriy yilning 14 oktyabr kuni soat 18:20 larda sodir bo‘lgan.
4R-89 “Qarshi-Nishon-Tallimarjon-GRES” avtomobil yo‘lining Nishon tumanidan o‘tuvchi qismida harakatlanayotgan Nexia mashinasi haydovchisi quvib o‘tish qoidalarini buzib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Gentra’ning yo‘liga chiqib ketib, u bilan to‘qnashgan.
Oqibatda Nexia haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan. Mashinada bo‘lgan yo‘lovchilar tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirda Nexia mashinasi ikkiga bo‘linib ketgani va uning orqa qismi butunlay parchalanib ketganini ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘lgandi. Hodisa Namangan viloyati Pop tumani A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni hududida sodir bo‘lgan. 38 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Toyota Prado avtomashinasi belgilanmagan joyda yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda 28 yoshli piyoda og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
LiveBarchasi