Qarshida ombor mudiri 6 ming dona “tabletka” bilan ushlandi (video)

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 11 671 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasi fosh etildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, tezkor tadbir davomida Qarshi shahrida yashovchi ombor mudiri shartli xaridorga 6 mln so‘m evaziga 6 ming dona “Benzonal” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan vaqtida ushlangan.

Shundan so‘ng, uning ish joyidagi omborxona xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Natijada kelgusida noqonuniy realizatsiya qilish maqsadida saqlangan 108 quti, jami 5 400 dona “Benzonal” hamda yorliqlari olib tashlangan 271 dona “Tropikamid” aniqlangan.

Shu tariqa, jami 11 671 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va vaqtincha saqlovga olingan.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida 577,4 million so‘mlik, sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 13 mingdan ortiq quti dori vositalarining muomalaga kiritilishi oldi olingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing