Qashqadaryodagi maktabda o‘quvchi va o‘qituvchi janjallashdi (video)
3-sahifa
−
03 noyabr
38377Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan 32-sonli maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi dars paytida janjallashgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Berilgan munosabatda vaziyat MMTB tomonidan o‘rnatilgan tartib asosida o‘rganilayotgani keltirilgan. Shuningdek, o‘rganishlar yakuni yuzasidan rasmiy munosabat berilishi ma’lum qilingan.
Videoda ayol muallim va o‘quvchi qizning sinfxonada bir-birini yerga yiqitib, bosh va bo‘yin qismidan yerga bosgani aks etgan. Sinfdagi boshqa yigit va qizlar esa uni tomosha qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanidagi 38-umumta’lim maktab direktori bolalarni ayovsiz kaltaklagani haqida xabar qilingandi. Shundan so‘ng maktab direktori ishdan olindi.
LiveBarchasi