Qashqadaryodagi xususiy klinikada 28 yoshli ayol vafot etdi
3-sahifa
−
08 noyabr
6849Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi klinikalarning birida 28 yoshli ayol qabul qilgan antibiotik ukoldan so‘ng vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 6 noyabr kuni soat 11:00 atrofida Shahrisabz tumani “Xontepa” MFYda yashagan, 1996 yilda tug‘ilgan B.N. ismli ayol xususiy poliklinikaga tomog‘ining shishib ketgani (angina) bo‘yicha murojaat qilgan.
Xususiy klinikaning lor shifokori I.J. tomonidan ayolning tomog‘i shishib yiringlagani sababli uning tomoq qismidan “Seftriakson” va “Deksametazon” dori vositalari aralashmasidan in’eksiya yuborilganida bemor B.N.ning tili tortilib ketgan. Voqea joyida ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan bemorning sog‘lig‘i yomonlashib, hodisa joyida vafot etgan.
Voqea sodir bo‘lgan joyga Shahrisabz shahar prokuraturasi tergovchisi rahbarligida tergov tezkor guruhi chiqib, hodisa joyi ko‘zdan kechirilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi