Qashqadaryodagi yong‘inda 21 yashar kelinchak yonib ketdi

Jamiyat

image

Kecha, 24 sentyabr kuni Qashqadaryodagi uylardan birida sodir bo‘lgan yong‘inda 21 yashar kelinchak yonib ketdi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar bermoqda. 

Soat 06:30 da Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani “Qumbangi” MFYda yashovchi fuqaro S.B.ning uyida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Yong‘inga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 06:45 da yetib borib, soat 06:47 da yong‘in qurshab olingan va soat 07:18 da to‘liq bartaraf etilgan. 

Yong‘in oqibatida yashash uyining 21 kv  metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan.

Bundan tashqari, uy egasining rafiqasi 1998 yilda tug‘ilgan D.N.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. 

Hodisa yuzasidan tergovga qadar tuman prokuraturasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in

Baholaganlar

151

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing