Qashqadaryodagi suv yig‘ish inshootida 1,2 mlrd so‘mlik “svet” o‘g‘irlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida joylashgan suv yig‘ish inshootida 1,2 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan nazorat tadbirida Koson tumanining Do‘stlik mahallasida joylashgan “Suv ta’minoti” Koson tuman bo‘limiga qarashli suv yig‘ish inshooti elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 280 million so‘mlik zarar yetkazgan.

Bildirilishicha, ayni damda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida 1,4 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mas’uliyati cheklangan jamiyat fosh etilgandi. Ushbu tashkilot elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 460 million so‘mlik zarar yetkazgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiyasi Qashqadaryo suv yig'ish inshooti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing