Qashqadaryodagi bolalar shifoxonasini suvarak bosdi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining gastroenterologiya bo‘limi xonalarida suvaraklar borligi aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, haqiqatdan ham viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida ushbu holat kuzatilgan. Shundan so‘ng, joriy yilning 15 avgust kuni viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi gastroenterologiya bo‘limida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati viloyat boshqarmasi mas’ullari dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlarini amalga oshirgan.

Mazkur holat markaz xodimlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida muhokama qilinib, bo‘limlarda sanitariya qoidalari asosida ish yuritish borasida nazoratni kuchaytirish bo‘yicha zarur choralar belgilangan. 

Shuningdek, o‘z vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani va nazoratni susaytirgani uchun gastroenterologiya bo‘limi katta hamshirasi va xo‘jalik bekasi egallab turgan lavozimidan ozod etilib, bo‘lim boshlig‘iga ish haqining 30 foizi miqdorida jarima jazosi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo shifoxona suvarak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing