Qashqadaryoda zilzila bo‘ldi
Jamiyat
−
10 aprel
25638Bugun, 10 aprel kuni soat 18:08 da Qashqadaryo viloyatida zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzila epimarkazi Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida Toshkentdan 462 km janubiy-g‘arbda joylashgan. Zilzila koordinatalari: 38,75 gradus shimoliy kenglik; 64,9 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,8. Chuqurlik 15 km.
O‘zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:
- Mirishkor tumanida 3 ball, 9 km.
Eslatib o‘tamiz, 5 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 04:36 da Qozog‘istonda sodir bo‘lgan 3,2 magnitudali zilzila Toshkent viloyatining Zangiota tumanida hamda Toshkent shahrining Uchtepa va Olmazor tumanlarida sezilgandi.