Qashqadaryoda YPX mashinasining oynasini sindirib tashlagan haydovchi qamaldi
3-sahifa
−
24 fevral 10191 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida yo‘l-patrul xizmati xodimlarining xizmat avtomashinasi oynalarini sindirib tashlagan shaxs 7 sutkaga qamaldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 9 fevral kuni 19:30 larda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar yo‘l-patrul inspektorlari “Bo‘ston” mahallasi hududida Lacetti rusumli mashinada xizmat olib borayotgan vaqtida shaharning “Uymovit” mahallasida yashovchi fuqaro o‘z boshqaruvidagi mototransport bilan to‘xtab turish taqiqlangan joyda turgani uchun YPX inspektorlari tomonidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1286-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shu paytda haydovchi mototransport yukxonasida bo‘lgan belkurakni qo‘liga olib, Lacetti rusumli xizmat mashinasiga zarar yetkazgan.
Bildirilishicha, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘plangan hujjatlar Shahrisabz sudiga yuborilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudi qarori bilan haydovchiga nisbatan 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida Cobalt rusumli mashina haydovchisi yo‘l-patrul xizmati xodimining talablariga bo‘ysunmay, uni mashina eshigida sudrab ketgan edi.