Qashqadaryoda yoqalashgan o‘quvchi va o‘qituvchi ishi sudga yuborildi
3-sahifa
−
04 noyabr
12116Avvalroq, Qashqadaryo viloyatidagi maktabda o‘quvchi va o‘qituvchi janjallashgani haqida xabar qilingandi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 17 oktyabr kuni Qarshi shahrida joylashgan 32-sonli o‘rta ta’lim maktabining algebra fani o‘qituvchisi M.M. (ayol) va 10-“B” sinf o‘quvchisi 16 yoshli E.O‘. (qiz) o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, og‘zaki tortishib qolgan. Shundan so‘ng o‘qituvchi M.M. o‘quvchi E.O‘. ni yuz sohasiga urgan, o‘quvchi qiz ham qo‘l ko‘tarmoqchi bo‘lganida ular yiqilib tushgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, M.M. va E.O‘. larning xatti-harakatlariga chora ko‘rish uchun mazkur ish materiallari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga (Mayda bezorilik) asosan sudga yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanidagi 38-umumta’lim maktab direktori bolalarni ayovsiz kaltaklagandan so‘ng ishdan olingandi.
LiveBarchasi