Qashqadaryoda yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgan shaxslar ushlandi
3-sahifa
−
12 avgust
3085Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz hamda G‘uzor tumanlarida iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotini ishlab chiqarish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Shahrisabz shahar va G‘uzor tuman bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro F.N. Shahrisabz tumani “Xontepa” MFY hududida joylashgan binoda va fuqaro H.N. G‘uzor tumani “Eskibog‘” MFYda joylashgan yashash xonadonining yordamchi xo‘jaligida yashirin sexlar tashkil etib, noqonuniy yog‘ ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlangan.
Ushbu sexlardan 211 litr iste’molga yaroqsiz yog‘, 146 kg chigit, 3 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistondan 1,6 mlrd so‘mlik dorini noqonuniy olib o‘tganlar qamalgani haqida xabar berilgandi.
Maftuna Madaminova