Qashqadaryoda yana bir bloger 5 yilga qamaldi
3-sahifa
−
30 yanvar
1428929 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Nishon tumani sudida Abdulhakim Abjalilovga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati sudlari xabar berdi.
Unga ko‘ra, Abdulhakim Abjalilov Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.
Shuningdek, ushbu jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash hamda ishda jabrlanuvchi bo‘lgan ikki kishining biriga 1 mln so‘m zararni undirish belgilangan.
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Qashqadaryo viloyati sudiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilingan.
Ma’lumot o‘rnida, Abdulhakim Abjalilov 1974 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, blogerlik faoliyati bilan shug‘ullangan, “Achchiq haqiqat” MCHJ rahbari hamda shu nomdagi kanal admini bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bloger Olimjon Haydarovga sud hukmi o‘qilgandi.
Javohir Yo‘ldashov
LiveBarchasi