Qashqadaryoda VIII-IX asrlarga oid tosh minora topildi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida Yakkabog‘ tumani Tatar tog‘larida taxminan VIII-IX asrlarga taalluqli toshdan qurilgan kuzatuv minorasi borligi aniqlandi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.

Mutaxassislar ushbu ob’ekt guvurgon, ya’ni zardushtiylarning daxmasi bo‘lganini taxmin qilmoqda. Muqanna qal’asining qurilish uslubiga o‘xshash tosh minorani atroflicha o‘rganish jarayonida hududda suv tegirmoni qoldiqlari va erigan metall ashyolar topilgan. Bildirilishicha, mazkur ob’ektdan ma’lum harbiy istehkom yoki ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ta’minot sifatida foydalanilgan.  

Hozirgi kunda boshqarma tomonidan yangi topilgan madaniy meros ob’ektining tarixiy qiymatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda, izlanishlar natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyatidagi 4000 yillik “Jarqo‘ton” yodgorligidan taqinchoq va sopol idishlar bilan birga ko‘milgan odam qabrlari topilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo tosh minora

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing