Qashqadaryoda o‘gay ona 3 yashar qizini urib o‘ldirdi
3-sahifa
−
13:46 1620 2 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida ona 3 yashar o‘gay qizini urib o‘ldirdi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 26 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida yashovchi fuqaro I.S. (1994 yilda tug‘ilgan ayol) turmush o‘rtog‘i N.A (1988 yilda tug‘ilgan erkak) bilan o‘zaro nizolashishib, uning voyaga yetmagan farzandi O.Sh (2022 yilda tug‘ilgan qiz bola)ni urgan. Oqibatda bola bosh qismidan jiddiy jarohatlangan va sog‘ligi keskin yomonlashib, shu kunning o‘zida u vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 27 sentyabr kuni tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 126-moddasi (oilaviy zo‘ravonlik), 8-qismi, «g» bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. I.S Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasiga asosan gumonlanuvchi tariqasida tarzda ushlangan.
Bildirilishicha, Bolalar ombudsmani bolaga qarshi sodir etilgan mazkur jinoyat ishi yurituvi ustidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi. Holat yuzasidan qo‘shimcha tarzda axborot taqdim etiladi.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksida ushbu jinoyat uchun 10 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 oktabr kuni Senat tomonidan ma’qullangan Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirishga oid qonunga ko‘ra, bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan jinoyatlar uchun shartli hukm qilish va muddatidan ilgari shartli ozod qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Live
Barchasi