Qashqadaryoda shikastlangan temir yo‘l qismi tiklandi
Jamiyat
−
07 aprel 2019
7236Avvalroq, g‘ayritabiiy ravishda bo‘lib o‘tgan yog‘ingarchilik tufayli Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani Oqrabot qishlog‘ida ko‘chki yuzaga kelishi oqibatida temir yo‘l relslari osilib qolgani haqida xabar bergan edik.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Qashqadayodagi holatga izoh berib, tez orada shikastlangan temir yo‘l qismi tiklanishini ma’lum qilgandi.
Ayni damda, shikastlangan temir yo‘lning ustki qismini tiklash va mustahkamlash ishlari yakunlandi hamda po‘lat izlar to‘liq tiklandi. Poyezdlar harakatlanishi yo‘lga qo‘yildi.