Qashqadaryoda “prava” olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida 1200 AQSH dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan fuqaro M.M. fuqaro Sh.B.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun o‘quv kursida o‘qiganligi to‘g‘risida hujjat tayyorlab berib, guvohnomani olib berishi evaziga 1200 AQSH dollari so‘ragan va hujjatlarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini olishda nazariy darslarda qatnashish talabi bekor qilingani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Qashqadaryo prava

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing