Qashqadaryoda odamlar lift ichida qamalib qoldi
3-sahifa
−
12 may 5552 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi ko‘p qavatli uylarning biridagi lift ishlamay qolishi oqibatida odamlar qamalib qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Qarshi shahar “Tabassum” MFYdagi ko‘p qavatli uylar birida lift ishlamay qolganligi va liftni ichida 3 nafar fuqarolar qolib ketganligi va amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.
Mazkur xabarga ko‘ra, voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan FVB qutqaruvchilari liftni ochib, fuqarolarni sog‘-salomat chiqarib olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida lift ichida ona va bola qolib ketgan edi.