Toshkentda ona va bola liftda qamalib qoldi

Jamiyat

image

Bugun, 9 aprel kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida lift ichida ona va bola qolib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 11:51 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Mirzo Ulug‘bek tumani Avayxon ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida lift ichida fuqarolar qolib ketgani va ularga amaliy yordam kerakligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Mazkur xabarga ko‘ra, zudlik bilan aytilgan manzilga tuman qutqaruvchilari yetib borgan va maxsus asbob-anjomlar yordamida lift ochib berilib, ichidagi ona va bola sog‘-salomat qutqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi ko‘p qavatli uylarning biridagi liftda bolalar qamalib qolgandi. Oldinroq esa, Toshkentdagi ko‘p qavatli uyning lifti ichidagi odamlar bilan pastga tushib ketgandi. 2 aprel kuni ham Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida ichida odamlar bo‘lgan lift qulflanib qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mirzo Ulug'bek lift

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing