Kurs UZS

USD

12 920.44

5.44

EUR

14 252.54

295.3

RUB

153.52

-0.03

Toshkentda odamlar yana liftda qulflanib qoldi

Jamiyat

image

Kecha, 2 aprel kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida ichida odamlar bo‘lgan lift qulflanib qoldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 03:40 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Niyozbek yo‘li 6-tor ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridagi lift qulflanib qolgani, uni ichida fuqarolar qolib ketgani to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, zudlik bilan aytilgan manzilga tuman FVB qutqaruvchilari yetib borgan va maxsus asbob-anjomlar yordamida liftni ochib, fuqarolar sog‘-salomat qutqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi ko‘p qavatli uylarning biridagi liftda bolalar qamalib qolgandi. Oldinroq esa, Toshkentdagi ko‘p qavatli uyning lifti ichidagi odamlar bilan pastga tushib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent lift

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing