Qashqadaryoda Nexia’ga urilgan Damas yonib ketdi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida Damas avtomashinasi Nexia bilan to‘qnashib, yonib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Keltirilishicha, voqea bugun, 12 iyun kuni soat taxminan 07:00 lar chamasida Shahrisabz hududidan o‘tuvchi “Shahrisabz-Kitob” avtomobil yo‘lida yuz bergan. Haydovchi X.X. boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli transport vositasi Sagdiy ko‘chasi chorrahasidan qayrilib olayotgan vaqtda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan haydovchi Y.G‘. boshqaruvida bo‘lgan Nexia rusumli avtomashinaga urilib ketgan.

YTH oqibatida Damas rusumli transport vositasining elektr simlarida qisqa tutashuv bo‘lib transport vositasida yong‘in kelib chiqqan. Avtomobil yo‘lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made