Qashqadaryoda mast fuqaro tanishini otib qo‘ydi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida mast fuqaro tanishini otib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Joriy yilning 29 mart kuni Shahrisabz shahar, “Qo‘shxona” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Sh.U. mashinasida ketayotganida o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan Sh.R.ni ko‘rib qolgan. Ular birgalikda kafeda spirtli ichimlik ichgan. Ikki fuqaro kafedan chiqib, tanishi A.T.ni ko‘rib qoladi va keyin uchalasi soat 19:30 larda yana spirtli ichimlik ichishga ketadi.

Ovqatlanish davomida fuqaro Sh.U. tanishi A.T. bilan 50 ming so‘m ustida janjallashib qoladi. Oqibatda Sh.U. ko‘chada turgan avtomashinasidan temir quvurdan qo‘lbola usulda yasalgan qurolni olib, A.T.ning boshiga o‘q uzgan va hodisa joyidan ketib qolgan. Fuqaro A.T. Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.

Sh.U. hodisa joyidan qochmoqchi bo‘lib, avtomashinasi bilan ketayotganida voqea hududidan taxminan 500 metr uzoqlikda tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.

Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasining ma’lumotnomasida A.T.ning tanasida og‘ir ochiq teshib o‘tuvchi bosh miya jarohati, bosh miya ichidagi metall va suyak parchalari, chap peshona suyagining parchalanib singan jarohati, chap qosh ustida ezilib yirtilgan ko‘rinishdagi tan jarohatlari borligi, ahvoli o‘ta og‘ir darajada ekani qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tumani prokuraturasi tomonidan Sh.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi “d","l” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo spirtli ichimlik qo'lbola qurol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing