Qashqadaryoda Lacetti teplovoz bilan to‘qnashdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida teplovoz va Lacetti ishtirokida yo‘l-transport xodisasi sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. IIV YHXBB mazkur YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, YTH joriy yilning 4 noyabr kuni soat 20:00 larda Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, Mudin qishlog‘i hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 149-kilometrida yuz bergan. Haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan S.T. Lacetti rusumli avtomobilni boshqarayotib, temir yo‘l kesishmasiga chiqib ketishi oqibatida “Buxoro-Qarshi” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan yuk tashuvchi teplovoz bilan to‘qnashgan.

Hodisa natijasida Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qashqadaryo

Baholaganlar

215

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing