Qashqadaryoda Isuzu qo‘ylar podasini urib yubordi
3-sahifa
−
18 noyabr
7037Kecha, 17 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatida Isuzu 95 bosh qo‘ylar podasini urib yubordi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 05:00 lar Surxondaryo viloyatida yashovchi fuqaro A.S. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu rusumli transport vositasi Ko‘kdala tumani hududidan o‘tuvchi A-378 G‘uzor—Samarqand avtomobil yo‘lining 105-kilometrida boshqarib ketayotib, G‘uzor tumanida yashovchi Sh.T. hamda Q.Q.ning 95 bosh mayda shoxli mollarini urib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Ko‘kdala tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham shu kabi holat Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida kuzatilgandi. Spark rusumli avtomobil 22 bosh qo‘yni urib yuborgan. shundan so‘ng avtomobil salonida yong‘in kelib chiqqan.
Hodisa oqibatida haydovchini sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Avtoulov esa to‘liq yonib ketgan va 22 bosh qo‘y nobud bo‘lgan.