Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz alkogol sotayotganlar ushlandi (video)
3-sahifa
−
02 fevral 1579 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida noqonuniy alkogol savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Aniqlanishicha, departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shahrisabz tumani “Maktabobod” va Qarshi shahri “Kamandi” mahallalarida yashovchi ikki nafar shaxs Qarshi shahri “Ravoq” mahallasi hududidagi omborxonalardan birida xaridorga ikki turdagi – jami 432 dona alkogol mahsulotlarini sotayotgan paytda ushlangan.
Shuningdek, Qarshi shahrining “Alisher Navoiy” mahallasida joylashgan omborxonada kelgusida sotish maqsadida saqlab turilgan yana to‘rt turdagi – jami 780 dona alkogol mahsulotlari aniqlangan.
Mutaxassislarning xulosalariga ko‘ra, olingan 1212 dona alkogol mahsulotlari iste’molga yaroqsizligi, aksiz markalari esa qalbaki ekani aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy tarmoqlar orqali giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
Aliqulov Javohir
Live
Barchasi