Inklar qurbonlikdan oldin bolalarga kokain va alkogol içirgani ma’lum böldi
Bu qiziq
−
22:07 371 2 daqiqa
Inklar imperiyasida bolalar ritual qurbonlik marosimidan oldin kokain, alkogol va ayauaska iste’mol qilgan. Bu haqdagi tadqiqot “Antiquity” jurnalida e’lon qilindi. Tadqiqotga Varşava universiteti arxeologi Dagmara Soxa rahbarlik qilgan.
Qayd etilişiça, olimlar 6 yoşdan 14 yoşgaça bölgan sakkiz nafar bolaning soç va tirnoq namunalarini örgangan. Ularning jasadlari Peru, Argentina va Çilidagi toğ çöqqilaridan topilgan. Ularning barçasida kokain izlari aniqlangan, ayrimlarida esa bu modda ölimdan bir neça hafta oldin muntazam iste’mol qilinganini körsatuvçi miqdorda bölgan. Ikki nafar bola kokainni alkogol bilan birga qabul qilgan. Bir nafarida esa gallyutsinogen içimlik – ayauaskaga xos bölgan garmin moddasi aniqlangan. Bu uşbu içimlikning bunday marosimlarda qöllanilganini tasdiqlovçi ilk dalillardan biri.
Inklar “kapakoça” deb atagan bolalarni qurbonlik qiliş marosimi XV–XVI asrlarda imperiya diniy amaliyotining muhim qismi bölgan. Uşbu marosimlar vaqtida mast qiluvçi moddalar iste’mol qilingani haqida ispan solnomaçilari ham yozgan, biroq ular bu ma’lumotlarni ikkinçi qöl orqali olgan.
“Birorta ham yevropalik solnomaçi kapakoça marosimini öz közi bilan körmagan”, deydi Soxa.
Tadqiqotçilarning taxmin qilişiça, uşbu moddalar bolalarni tinçlantirgan va toğ çöqqisiga kötariliş vaqtida ularni toğ kasalligidan himoya qilgan, şuningdek, marosimga ruhiy tayyorgarlikning bir qismi bölib xizmat qilgan. Ularning ayrimlari qurbonlik joylaridan ança uzoqda ösadigan ösimliklardan olingan. Olimlarning fikriça, bu kohinlar butun imperiya böylab mavjud bölgan moddalarni yaxşi bilganidan dalolat beradi.
Live
Barchasi