Qashqadaryoda ish vaqtida tug‘ilgan kun nishonlagan tez yordam xodimlari jazolandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida tez tibbiy yordam xizmati xodimlari ish paytida tug‘ilgan kun nishonlagani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi munosabat bildirdi.

Mazkur holat mutasaddilar tomonidan o‘rganilib, ushbu voqea G‘uzor tumani tez tibbiy yordam xizmati xodimlari bilan yuz bergani aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, G‘uzor tumani tez tibbiy yordam stansiyasi bo‘lim mudiri, bosh hamshirasi va ikki nafar navbatchi hamshiralariga nisbatan Mehnat kodeksining tegishli moddalariga asosan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

Ammo viloyat SSB xodimlarga nisbatan aynan qanday jazo berilganini ochiqlamagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda ichida ikki nafar haydovchi va feldsher bo‘lgan tez yordam mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchragandi. Oqibatda bir nafar haydovchi vafot etdi. Keyinchalik ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo tez tibbiy yordam xizmati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing