Qashqadaryoda masjid imomi kaltaklandimi? (video)
3-sahifa
−
06 aprel 10619 1 daqiqa
Bugun, 6 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanidagi “Xitoy” jome’ masjidida imom-xatibni uch-to‘rt nafar fuqaro urgani aytilgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
O‘rganishlar jarayonida videodagi janjalda “imom-xatib” deb ko‘rsatilgan shaxs aslida masjidga namoz o‘qish uchun borgan fuqaro J. ekani aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 3 aprel kuni soat taxminan 13:40 larda masjidga borgan J. va 2 nafar fuqaro o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan. Hodisa oqibatida J. yengil tan jarohati olgan.
Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan Muborak tuman Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan S. va E. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 57 yoshli erkak yo‘l o‘rtasida ayovsiz do‘pposlangan edi.