Toshkentda 57 yoshli erkak yo‘l o‘rtasida ayovsiz do‘pposlandi (video)
3-sahifa
−
10 mart 13802 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida bir fuqaro boshqa fuqaroni ayovsiz urayotgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, kecha, 9 mart kuni taxminan soat 18:00 larda Yakkasaroy tumani, Shota Rutaveli ko‘chasida 1990 yilda tug‘ilgan K.I. o‘zining tanishi 1969 yilda tug‘ilgan B.A. bilan o‘zaro janjallashib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat tartibini buzgan. Hodisa oqibatida jabrlanuvchi B.A. tan jarohati olgan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi K.I. protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan suv ta’minoti xodimi kaltaklanib, boshi yorilgan edi.
Live
Barchasi