Qashqadaryoda ikki tuman hokimi “hayfsan” oldi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ va G‘uzor tumani hokimiga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Bu haqda viloyat hokimi matbuot kotibi Ahror Sodiqov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 6 noyabr kuni Qashqadaryo viloyat hokimi Murodjon Azimov rahbarligida hokimlik soati o‘tkazilgan. Unda Yakkabog‘ tumani hokimi Lutfiddin Abdullayev hamda G‘uzor tumani hokimi Bekzod Suyunovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalariga asosan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Aniqlik kiritilishicha, ushbu rahbarlar qo‘l ostidagi tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan dasturlarni amalga oshirishda zimmasidagi vazifalarni lozim darajada bajarmaganligi, berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda nazoratni susaytirib yuborganligi hamda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun shu turdagi jazoga tortilgan.

Ma’lumot uchun, Lutfiddin Abdullayev 2020 yilning 19 may kunidan buyon Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani hokimi lavozimida ishlab kelmoqda. Bekzod Suyunov esa 2020 yilning 10 aprelidan beri G‘uzor tumani rahbari sifatida faoliyat olib bormoqda


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Yakkabog' G'uzor hayfsan Lutfiddin Abdullaev Bekzod Suyunov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing