Qashqadaryoda do‘kon egasi bolaga tan jarohati yetkazdi (video)
3-sahifa
−
25 iyul
12065Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida do‘kon egasi voyaga yetmagan 12 yoshli bolani kaltakladi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 16 iyun kuni 2012 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan O.A. onasi S.N. tomonidan xarid uchun savdo do‘koniga yuborilgan. Do‘kon egasi 1976 yilda tug‘ilgan O.G‘. ismli erkak esa bolaning boshiga hech kim yo‘q joyga nega kirganligini so‘rash vaji bilan bir necha marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan jabrlanuvchining onasi tomonidan yo‘llangan murojaatga asosan, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida Koson tumanidagi savdo do‘koni sotuvchisi O.G‘.ga voyaga yetmagan shaxsni urganligi uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismi (Yengil tan jarohati yetkazish) bilan ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atilgan. Ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tumani sudiga yuborilgan.
Shuningdek, xabarda ish bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda sotuvchi QR-kodli chek so‘ragan 13 yoshli bolaga tarsaki tushirgani haqida xabar berilgandi. Shundan so‘ng, sotuvchiga ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atildi. Kaltak yegan bola keyin Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev bilan uchrashdi. Do‘kon sotuvchisi esa 15 sutkaga qamaldi.
LiveBarchasi