Qashqadaryoda bobo o‘z nabirasini pichoqlab qo‘ydi
3-sahifa
−
05 Sentabr 2021 16019 1 daqiqa
Joriy yilning 29 avgust kuni Qashqadaryoda yashovchi fuqaro o‘z nabirasini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati kecha, 4 sentyabr kuni xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 22:00 da Qarshi tumani “Paxtazor” mahallasida yashovchi fuqaro T.O. nabirasi O.G‘. bilan uy-joy masalasida janjallashib qolib, uning chap tomon qorin old sohasiga bir marotaba pichoq sanchib jarohat yetkazgan.
Oqibatda O.G‘. tan jarohati olib shifoxonaga tushgan. Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda tig‘li jismlar bilan odamga zarar yetkazish holatlari joriy yilning avgust oyida ham uchragan. Xususan, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida erkak rashk sabab mahalladoshini 7 marta pichoqlab o‘ldirgan. Bundan tashqari, Jizzaxdagi yana bir holat, unda uka akasini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ygan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025