Qashqadaryoda bloger nega “ichkari”ga olib kirildi? IIB izoh berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida yashovchi bloger Elmurod Odilov pilla punktida IIB xodimlari tomonidan o‘lasi qilib kaltaklangani, ayni paytda izsiz yo‘qolgani to‘g‘risidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati izoh berdi.

Munosabatda aytilishicha, joriy yilning 26 may kuni taxminan soat 22:30 lar atrofida Yakkabog‘ tumani “Ibn Sino” MFY hududida joylashgan pilla mahsulotini saqlash omborxonasida o‘zini bloger deb tanishtirgan fuqaro Elmurod Odilov pilla topshirish maskaniga borgan.

Shu yerda fermerlarning ishiga aralashib, ularga turli nomunosib savol-javoblar qilishi oqibatida o‘rtalarida janjal kelib chiqqan. Ushbu jarayonda fuqaro E.Odilov fermerlarni haqorat qilgan.

Shundan so‘ng pilla yetishtiruvchi fermerlar fuqaro E.Odilovning xatti-harakatlari yuzasidan Yakkabog‘ tuman Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan.

Holat mas’ul xodimlar tomonidan atroflicha o‘rganilib, fuqaro E.Odilovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi hamda 198-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlar bo‘yicha Yakkabog‘ tumani sudiga yuborilgan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qashqadaryo bloger Elmurod Odilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made