Qashqadaryoda avtobloger qamaldi (video)
3-sahifa
−
05 dekabr 19473 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatida YPX xodimini obro‘sizlantirishda ayblanib, avtobloger Maqsud Muzaffarov 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati sudlari xabar berdi.
Qayd etilishicha, 37 yoshli Maqsud Muzaffarov va 26 yoshli B.R. jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Shahrisabz shahrida xizmat vazifasini bajarayotgan yo‘l-patrul xizmati inspektori T.X.ni obro‘sizlantirish maqsadida uni videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan. Videoda B.R. telefonining g‘ilofini qulog‘iga tutib, o‘zini avtomobilda harakatlanayotganda telefonda gaplashib kelayotgandek tutgan. YPX xodimi kelganda esa undan xizmat guvohnomasini so‘ragan.
Shahrisabz shahar sudining bugun, 5 dekabrdagi qarori bilan Maqsud Muzaffarov va B.R. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 195-2-moddasida (huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining foto va (yoki) videotasvirini ularning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan tarzda buzib tarqatish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi va avtobloger 10 sutkaga, B.R. esa 7 sutkaga qamaldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida “yama”da cho‘milayotganini videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylagan erkak 10 sutkaga qamalgandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr