Qashqadaryoda ayol erini o‘ldirib, quduqqa tashladi
3-sahifa
−
20 avgust
15160Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida ayol erini o‘ldirib, quduqqa tashladi. Bu haqda “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov xabar berdi.
Uning aytishicha, marhum 40 yoshlar atrofida bo‘lgan, uning jasadi ekspertizaga olib ketilgan.
QALAMPIR.UZ voqeaga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi. Uning bizga ma’lum qilishicha, hozirda ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqandda mast holatda bo‘lgan turmush o‘rtog‘ining oyoq-qo‘llarini bog‘lab, ustiga benzin sepib, yoqib yuborgan 32 yoshli ayol 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi.
LiveBarchasi